“Uzuklar hukmdori” asosidagi yangi filmning premyera sanasi e'lon qilindi


Warner Bros. Pictures va New Line Cinema “Uzuklar hukmdori: Gollum uchun ov” filmining namoyish sanasini e’lon qildi. Premyera 2027-yil 17-dekabrga rejalashtirilgan.
“Uzuklar hukmdori” trilogiyasi va “Hobbit” filmidagi Gollum roli bilan tanilgan Endi Serkis oʻz rolini yana ijro etadi va loyihaga rejissyorlik ham qiladi. Ssenariy trilogiyaning hammualliflari hisoblangan Fren Uolsh va Filippa Boyens tomonidan yoziladi.
Film syujeti “Hobbit” va “Uzuklat ittifoqi” filmlari voqealari orasida bo‘lib o‘tadi. Hikoya elflar va odamlarning Yagona uzuk ta’sirining tarqalishini oldini olish uchun Gollumni qoʻlga olishga urinishlariga qaratiladi. Filmda Aragorn, Gendalf va Legolas kabi tanish personajlar koʻrinish berishi kutilmoqda.
Chiqishi kutilayotgan film “Uzuklar hukmdori"ning kengayib borayotgan olamining bir qismi bo‘ladi, unga 2024-yilda chiqarilgan “Rohirrim urushi” animatsion filmi ham kiradi.