Nafaqat ajoyib sovg‘a: eng yaxshi simsiz quloqchinlarni tanlaymiz
Quloqchinlar bor-yo‘g‘i bir necha yil ichida simlardan forig‘ bo‘ldi. Hali ham cho‘ntak ko‘taradigan yoki o‘ziga xos modellari mavjud, ammo asosiy qismi endi TWS (true wireless) - “haqiqatan ham simsiz” segmentiga tegishli.
Bu oddiy va qulay: simlar kiyimga yopishmaydi va tugunga o‘ralib qolmaydi, smartfon boshqa xonada bo‘lsa ham, baribir qo‘shiqlarni o‘zgartirish va ovoz balandligini quloqchinlarning o‘zi orqali boshqarish mumkin. Yana modellar mikrofon bilan jihozlangan va ular orqali qo‘ng‘iroqni amalga oshirish juda qulay.
Biz mashhur brendlarning eng yaxshi simsiz quloqchinlarini jamladik. Agar ularni qulay narxda sotib olishni xohlasangiz - shunchaki ariza qoldiring va menejerlarimiz siz bilan tezda bog‘lanishadi.
Apple AirPods 4 va AirPods Pro 2
Butun TWS quloqchinlari segmentining asoschisi allaqachon to‘rtinchi avlodga yetib keldi. Barcha AirPods modellari juda mashhur, o‘zining qulayligi tufayli millionlab odamlarga yoqib qoldi.
Bu yil kuzda Apple odatiy AirPodsning yangilangan modelini chiqardi: ular ilk bor faol shovqinni bostirish (ANC) versiyasiga ega bo‘ldi.
Shu bilan birga, ANCsiz ham AirPods 4 mavjud, ular arzonroq – hozirgi dollar kursi bilan $160 turadi.
Xarid qilayotganda sizga aynan qanday model kerakligiga aniqlik kiriting. AirPodsning asosiy afzalligi shundaki, ma’lum vaqt o‘tgach, siz ularni deyarli sezmay qolasiz. Quloqchinlar bilan kun bo‘yi yurish mumkin va bunda noqulaylik bo‘lmaydi. Aslida albatta, bu quloqning o‘ziga xos shakliga juda bog‘liq.
Ish vaqti - bitta quvvatlantirishda 5 soat yoki shovqinni bostirishda 4 soatni tashkil etadi.
AirPods Pro 2
Agar siz yanada yuqori sifatli jaranglashni xohlasangiz, unda sizning tanlovingiz - AirPods Pro 2 bo‘ladi. Model aql bovar qilmaydigan darajada muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi - u mana bir necha yillardan buyon deyarli o‘zgarishsiz ishlab chiqarilmoqda. Faqat o‘tgan yili kompaniya Lightning o‘rniga USB-C qismini qo‘shdi.
Bu yerda tovushning o‘zi kabi yuqori sifatli shovqin bostirish bo‘ladi. TWS quloqchinlarining boshqa modellarida bo‘lgani kabi, bu yerda ham shaffoflik rejimi mavjud - mikrofonlar atrofdagi tovushlarni ilg‘ab oladi va ularni dinamiklarga uzatadi. Shunday qilib, siz, masalan, kassada quloqchinlarni olmasdan turib, xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi, chunki kassirning ovozi sizga yaxshi eshitiladi.
Albatta, sifatli tovush ixlosmandlari uchun bu naushniklarni sotib olish kerak. Ular o'z narxiga arziydi.
Samsung Galaxy Buds FE
Samsung TWS modelli quloqchinlari (Galaxy Buds Pro 3 flagmani) ichida o‘rtacha narx segmentiga tegishli, ammo ular juda munosib ko‘rinadi.
Narxni arzonlashtirish uchun ba’zi texnologiyalarni (masalan, Dolby Atmos) qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga to‘g‘ri keldi, ammo bu muhimi emas. Unda namlikdan himoya ham yo‘q - agar kutilmaganda quloqchinda dush yoki vanna qabul qilsangiz, Buds FE bilan bunday qilmaganingiz ma’qul.
Lekin qo‘ng‘iroqlar sifati tejalmaydi: har bir quloqchinda uchtadan mikrofon bor.
Bir vaqtning o‘zida aqlli algoritmlar qo‘llaniladi - Buds FE ma’lum bir vaziyatda qaysi mikrofon ovozni eng yaxshi qabul qilishini biladi va unga ustunlik beradi.
O‘z narxiga bu ajoyib variant, bundan tashqari, biz mashhur brend quloqchinlari haqida gapiryapmiz.
Galaxy Buds Pro
Galaxy Buds Pro flagman liniyasiga keladigan bo‘lsak, uning yaqinda uchinchi avlodi chiqdi. Quloqchinlar dizaynda sezilarli darajada o‘zgardi: Buds Pro 1 va 2 dagi tomchi shakli o‘rniga endi quloqchinlar boshqa, “kesilgan” shaklga ega.
Avtonomiyligiga kelsak, Pro 3 faol shovqinni bostirishi bilan taxminan olti soatga yaqin ishlaydi.
Umuman olganda, Galaxy Buds Pro 3 ning yangi tashqi ko‘rinishiga ham foydalanish kabi ko‘nikish kerak (oyoqchalarining uchburchak shakli tufayli). Shuning uchun agar siz Galaxy Budsdan an’anaviyroq narsani xohlasangiz - birinchi yoki ikkinchi avlod quloqchinlarini olishingiz mumkin.
Ular ham ajoyib ovozni ta’minlaydi va hozirda esa narxi ham arzonlashgan.
Samsungning yana bir qiziqarli varianti - Buds Live modeli bo‘lib, u yanada qulayroq, unda faol shovqinni pasaytirish ham mavjud. To‘g‘ri, quloqchinlarning shakli o‘ziga xos, hammaga ham mos kelavermaydi.