верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eldor Shomurodov “Roma”da ikkinchi marta oy futbolchisi bo‘ldi
02.05.2025

Eldor Shomurodov “Roma”da ikkinchi marta oy futbolchisi bo‘ldi

Eldor Shomurodov “Roma”da ikkinchi marta oy futbolchisi bo‘ldi

O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “Roma” klubining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Hujumchi oy davomida “Yuventus” va “Verona”ga qarshi o‘yinlarda gol urdi, “Inter” bilan bahsda assist qayd etdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Roma” klubining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Shomurodov “Roma”ning apreldagi 4 ta o‘yinida ham maydonga tushdi. Xususan, “Yuventus”ga qarshi o‘yinda ikkinchi taymda maydonga tushib, 49-daqiqada gol urdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Yakuniy hisob 1:1.

“Verona”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda tushgan Shomurodov 4-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu gol o‘yinda yagona bo‘lib qoldi. “Inter” bilan bo‘lgan bahsda esa o‘zbekistonlik hujumchi 22-daqiqada assist qayd etdi, golni Soule kiritdi.

O‘zbekistonlik hujumchi klub rasmiy saytidagi ovoz berish jarayonida 4 nomzod orasida eng ko‘p ovoz to‘plab, oy futbolchisiga aylandi. Muxlislar tanloviga ko‘ra, u Soule, Svilar va Ndikani katta farq bilan ortda qoldirgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.