Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi


Naoya Inouega qarshi jang sentabrda Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Murodjon Ahmadaliyev va Naoya Inoue jang bo‘yicha kelishuvga erishdi. Jang 14 sentabr kuni Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Matchroom boxing rahbari Eddi Hirn Instagram sahifasida Murodjon Ahmadaliyev bilan birga tushgan suratini joylashtirib, Inouega qarshi jang bo‘yicha kelishuv amalga oshganini ma’lum qildi.
«Muzokaralar yakunlandi. O‘zbek kuchiga qarshi Monstr! Diviziondagi eng zo‘r jang», deb yozdi u.
Naoya Inoue 5 mayga o‘tar kechasi Las-Vegasda amerikalik bokschi Ramon Kardenas bilan ringga chiqadi. G‘alaba qozongan taqdirda sentabrda o‘z kamarlarini Murodjon Ahmadaliyevdan himoya qiladi.
Professional boksning yarimengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 30 yoshli Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 2024 yil dekabrida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Frankoni 3-raunddayoq nokautga uchratgandi. Jangdan keyin u mutlaq chempion Naoi Inoueni jangga chaqirgandi.
32 yoshli Naoya Inoue (29-0, 26 KO) super vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni, to‘rtta vazn toifasini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan va hech qachon mag‘lub bo‘lmagan bokschi hisoblanadi. Yaponiyalik bokschi Jahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik unvonlariga ega.