1
РУ
O’Z
UZS
/
/
IBF reytingi yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?
16.07.2025

IBF reytingi yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

IBF reytingi yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilar reytingining so‘nggi yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston nomidan ringga chiqayotgan superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov ham o‘z o‘rnini topdi.

Mazkur reytingda Jalolov superog‘ir vaznli bokschilar orasida 12-pog‘onani egallab turibdi. Boshqa vazn toifalarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschilar esa hozircha IBF ro‘yxatida ko‘rsatilmagan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini 26-iyul kuni AQSHdagi afsonaviy Madison Square Garden arenasida o‘tkazadi. Bu bahsda u italiyalik 36 yoshli bokschi Janmarko Kardilo bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov professional ringda hozirgacha 15 marotaba jang o‘tkazgan. Ulardan 14 tasida raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgan, qolgan bir jangda esa hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan.
 

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.