Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Nahotki yana? Xitoyda xavfli virus topildi, uning tashuvchisi yana ko‘rshapalaklar
21.02.2025

Nahotki yana? Xitoyda xavfli virus topildi, uning tashuvchisi yana ko‘rshapalaklar

Nahotki yana? Xitoyda xavfli virus topildi, uning tashuvchisi yana ko‘rshapalaklar

Xitoylik virusologlar ko‘rshapalaklar orasida koronavirusning yangi turi aniqlanganini ma’lum qildilar. South China Morning Post yozishicha, bu virus odamlarga COVID-19 ga o‘xshash yo‘llar bilan yuqadi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Aniqlangan tur ilk bor Hongkongdagi yapon ko‘rshapalagi(netopir)da topilgan. Yangi virus ustidagi tadqiqotlar Guanchjou laboratoriyasida Xitoy Fanlar akademiyasi bo‘limi, shuningdek, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti mutaxassislari hamkorligida olib borildi.

Yangi virus inson hujayralarini zararlashi mumkin. Ko‘rshapalak merbekoviruslari odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa orqali yoki oraliq tashuvchilar vositasida yuqishi ehtimoli katta.

Olimlar yangi virus turini HKU5-CoV-2 deb atadi. Virusologlarning aytishicha, bu virus “keng ko‘lamli tashuvchilarga ega bo‘lishi, turlar o‘rtasida uning tarqalish ehtimoli yuqori” bo‘lishi mumkin. Ular hozircha vahimaga sabab yo‘qligini ta’kidladi, ammo virus yanada chuqurroq o‘rganilishi zarur.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil dekabr oyida Uxan shahrida COVID-19 tarqalishni boshlagan edi. 2020-yil 30-yanvarda JSST buni favqulodda vaziyat deb e’lon qildi, 11-martda esa pandemiya deb tan oldi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 7 milliondan ortiq kishi ushbu virus qurboniga aylangan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.