Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo boʻladi
08.11.2024

Oʻzbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo boʻladi

Oʻzbekistonda dam olish kunlari nisbatan salqin ob-havo boʻladi

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha nisbatan salqin ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzgidromet”.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Kunduz kunlari havo harorati 8-13 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

Ushbu kunlarda respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi biroz yomgʻir yogʻishi, shimolda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.

Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Toshkentda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 10-13 daraja iliq boʻladi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.