верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Nasaf” klubi Ronalduni sotib oladimi? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi
28.05.2025

“Nasaf” klubi Ronalduni sotib oladimi? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi

“Nasaf” klubi Ronalduni sotib oladimi? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi

Qarshining “Nasaf” klubi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston Superkubogi doirasidagi “Andijon”ga qarshi bahsdan keyin “ajdarlar”ning transfer imkoniyatlari haqida gapirdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

53 yoshli mutaxassis Elit Osiyo Chempionlar Ligasi oldidan “Nasaf”ning transfer siyosati hamda erkin agentga aylanishga yaqin turgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning Qarshi klubiga ehtimoliy transferi haqida to‘xtaldi:

Hammaga ma’lumki, klublar “Nasaf”ning nomdor transferlarni amalga oshirish uchun imkoniyati yaxshi emas. Bu nafaqat bizda, balki istalgan o‘zbek klubida kuzatiladigan holat. Shu bois, erkin agent maqomida bo‘lgan futbolchilar bilan shartnoma imzolashga harakat qilamiz.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi oldidan tarkibimizni kuchaytirishga harakat qilamiz. Ronaldu hozir erkin agent? Menimcha, “Nasaf” Ronalduni emas, Ronaldu “Nasaf”ni sotib olishga qurbi yetadi, deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” 27-may, seshanba kuni “Nasaf” O‘zbekiston Superkubogi doirasida “Andijon”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Uchrashuvdagi yagona golni Husayn Norchayev penaltidan kiritdi.

Shu tariqa, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘z tarixida to‘rtinchi bor Superkubok sohibiga aylandi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.