верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Namanganda 64-Xalqaro gullar festivali start oladi
22.05.2025

Namanganda 64-Xalqaro gullar festivali start oladi

Namanganda 64-Xalqaro gullar festivali start oladi

25-maydan 29-iyunga qadar Namanganda 64-Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi. Turizm qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligining turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etilayotgan festivalga 300 mingdan ortiq xorijiy, 8 million nafar mahalliy sayyoh tashrifi kutilmoqda.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Festivalga tayyorgarlik doirasida shaharga 100 milliondan ortiq, jumladan, ko‘cha-xiyobonlarga 45 million, Bobur, Afsona va Yangi O‘zbekiston bog‘lariga 65 million tup gul ekildi.

Bayram an’anaviy avtoparad bilan boshlanadi. Tabiiy gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq turli rusumdagi avtomashinalar viloyat markazining asosiy ko‘chalari bo‘ylab Namangan xalqaro aeroporti oldidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldigacha bo‘lgan 10 kilometrdan ziyodroq yo‘lni bosib o‘tadi.

Festival kunlari 100 dan ortiq madaniy tadbirlar — jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, Fashion Week 2025 — yirik modalar haftaligi, xalqaro va mahalliy sport musobaqalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar, kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari, xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari, kulgu kechalari, “Dunyo taomlari Namanganda” — gastronomik turizm tadbirlari, “Lavanda sayli” va dron-shoular o‘tkaziladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.