Neyron tarmoq “odatiy xiyonatchilar” qanday boʻlishini koʻrsatdi
Kazinolardan birining marketing boʻlimi neyron tarmogʻi yordamida oʻrtacha xiyonatchi erkak va ayolning qiyofasini yaratdi. Batafsil maʼlumotlar NY Post saytida berilgan.
50 nafar doʻstingizni taklif qiling va iPhone 16 Pro yutib oling
Tadqiqotchilar ikki ming britaniyalikdan ularning turmush oʻrtogʻiga sodiqligiga boʻlgan munosabatini soʻrashdi va odamlarning qiyofalari asosida xiyonatga moyil shaxslarning oʻrtacha tiplarini aniqladilar.
Erkak kishining qiyofasi taxminan 40 yoshlardagi, koʻzlari kulrang-moviy, yuzida mayda ajinlari bor, sochi siyrak yoki tepakal odam sifatida tasvirlandi.
Tadqiqotchilarning xulosasiga koʻra, bevafo ayol esa taxminan 50 yoshlardagi kelishgan, qoracha, burni kichik va lablari oʻrtacha kattalikdagi ayol qiyofasida aks ettirildi.
Shuningdek, tadqiqot doirasida erkaklar koʻproq xiyonat qilishlari aniqlandi — soʻrovda qatnashganlarning 35 foizi buni tan oldi. Ayollar orasida bu koʻrsatkich 24 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, ayollar xiyonatdan xabar topgach, koʻpincha oʻz juftlari bilan qolishni afzal koʻrishadi.