Sharm al-Shayxdagi ob-havo qishda, bahorda, yozda va kuzda. U yerga qachon dam olishga borgan ma’qul?


Misrda dam olish uchun eng qulay davr kuz va qish hisoblanadi. Shunga qaramay, sayyohlar bu yerga yil davomida ta'tilga kelishadi. Hozir siz har bir mavsum va har bir oyning o‘ziga xos xususiyatlari haqida bilib olasiz.

Sharm al-Shayx xaritada
Sharm el-Shayxdagi mavsumlar va ob-havo
Qish (dekabr-fevral)
Misr qishda ham dengizda cho‘milish mumkin bo‘lgan kam sonli mamlakatlardan biridir: suvning harorati +22...24S ni tashkil etadi. Biroq oqshomlari salqin va shamolli bo‘ladi. FUN&SUN Travel sayyohlik agentligi isitiladigan basseynlari mavjud mehmonxonalarni tanlashni tavsiya qiladi.
✅ Issiqni ko‘tara olmaydiganlar uchun qulay havo harorati. ✅ Dengizdagi suvning harorati 10-15 daqiqa davomida cho‘milish uchun yetarli. ✅ Ekskursiyalar, shu jumladan uzoq davom etadigan sayohatlar uchun eng qulay vaqt. | ❌ Kuchli shamol esishi mumkin (ayniqsa ochiq ko‘rfazlarda).
|
Turagentning bepul maslahatini olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Bahor (mart - may)
Bahor dengizda cho‘milishni va ekskursiyalarda vaqt o‘tkazishni xohlovchilar uchun risoladagidek davr deb ataladi. Xuddi shu paytda oromgohlar gavjumlashadi, dam olish narxlari esa ko‘tariladi.
✅ Issiq kuchayadi, ammo havo harorati qulay: mart oyida +24...+28°C, aprelda +27...+32°C, may oyida +35°C gacha issiq bo‘ladi. Issiq o‘rtacha va yengil o‘tadi. ✅ Uzun yorug‘ kun. ✅ Plyajda dam olish uchun ham, sayohatlar uchun ham ayni muddao.
| ❌ Turlarning narxi oshadi.
|
Yoz (iyun - avgust)
Agar issiqqa chiday olmasangiz, bu davrda Sharm ash-Shayxda dam olish siz uchun sinov bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, bu ko‘plab sayyohlarni yozgi jazirama Misrda dam olishdan to‘xtata olmaydi.
✅ Dengiz bug‘langan sutdek iliq. ✅ Quyosh nurini yaxshi ushlab qoladi. ✅ Uzun yorug‘ kun. ✅ Sayyohlar kamroq .
| ❌ Havo hattoki kechasi ham juda issiq. ❌ Issiq qum va plyajda yog‘och kravotlar. ❌Uzoq muddatli ekskursiyalar noqulaylik tug‘diradi.
|
Kuz (sentyabr - noyabr)
Sentyabr oyi issiqni sevuvchilar uchun Sharm-al-Shayxga sayohat qilishga mos keladi. Oktyabr va noyabr oylari barcha uchun sayohat qilishda ideal vaqt hisoblanadi.
✅ Risoladagidek havo harorati. ✅ Iliq dengiz. ✅ Noyabr oyida baxmal mavsumi boshlanadi. ✅ Uzoq yorug‘ kun.
| ❌ Sentyabr oyidagi yuqori harorat.
|
FUN&SUN Travel kompaniyasi turagentining bepul maslahatiga buyurtma berish uchun "Ariza qoldirish" tugmasini bosing.


Sharm ash-Shayxdagi havo harorati
Jadvallarda o‘rtacha qiymatlar keltirilgan.
Kunduzgi harorat | Tungi harorat | |
Yanvar | +22…+24 | +16…+18 |
Fevral | +22…+24 | +15…+17 |
Маrt | +24…+25 | +16…+17 |
Аprel | +27…+30 | +18…+20 |
Маy | +29…+34 | +19…+23 |
Iyun | +33…+37 | +24...+26 |
Kunduzgi harorat | Tungi harorat | |
Iyul | +35…+38 | +24…+27 |
Аvgust | +36…+38 | +24…+27 |
Sеntyabr | +34…+36 | +25…+27 |
Оktyabr | +30…+32 | +21…+23 |
Noyabr | +25…+27 | +17…+19 |
Dekabr | +22…+24 | +14…+16 |
FUN&SUN Traveldan mukammal hordiq uchun layfxaklar
- Yil faslidan qat’i nazar, quyoshdan himoyalovchi kremdan foydalaning.
- Yo‘lga bosh kiyimingizni oling.
- Birinchi qirg‘oq chizig‘ida plyajli mehmonxonani tanlang. Agar suvning qumli tubida tushish sizga qulayroq bo‘lsa, sayyohlik agentidan mehmonxona plyajida bunday kirish joyi bor-yo‘qligini aniqlang.
- Mehmonxonada jo‘mrakdan suv ichmang. Idishdagi suvdan foydalanib, tishlarni tozalang.
- Hech bo‘lmaganda dastlabki kunlarda muzdek ichimliklar iste'mol qilmang. Kasal bo‘lmaslik uchun xona haroratidagi suvdan iching.
- Ekskursiya uchun erta tong yoki kechki paytni tanlang.
Sharm al-Shayxga sayohatlarda 15% chegirma olish uchun quyidagi tugmani bosing.
