Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 11–13-fevral kunlari harorat koʻtariladi
09.02.2025 (yangilandi 09.02.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 11–13-fevral kunlari harorat koʻtariladi

Ob-havo maʼlumoti: 11–13-fevral kunlari harorat koʻtariladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, 13-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 11-12-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 13-fevralda 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, 13-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 12-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

Navoiy viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 12-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 11-12-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 13-fevralda 0-5° sovuq boʻladi.

Toshkent viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 13-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 13-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 11-12-fevralda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 13-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 12-fevralda kechasi 0-5° sovuq kunduzi 2-7° iliq; 13-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12-fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 13-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 11-12-fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-12-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 13-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq  sovuq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.