Ruxshona qachon konsert berishini aytdi


Taniqli xonanda va aktrisa Ruxshona qachon konsert berishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u o‘zining Instagramdagi sahifasida obunachilariga ma’lum qildi.
Ruxshona konsert berishi mumkinligi haqidagi savolga bu uning ezgu orzusi ekani va tez orada amalga oshishiga umid qilayotganini aytdi: “Xudo xohlasa, tez orada amalga oshsa kerak. Bu mening orzularimdan biri”, — dedi xonanda.
Ruxshona so‘zlariga ko‘ra, hozircha konsert sanasi aniq belgilanmagan, biroq u ijodiy jamoasi bilan bir qator yangi qo‘shiqlar ustida ishlamoqda. Xonanda so‘nggi yillarda turli teleseriallar va loyihalarda ishtirok etgani sababli, konsertga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt ajratishni istayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u muxlislariga minnatdorchilik bildirib, sahna konserti orqali ularni yaqindan ko‘rish va jonli ijroda yangi hamda sevimli qo‘shiqlarini taqdim etishni orzu qilayotganini qo‘shimcha qildi.