Xorijliklar uchun “Ohanglar sehri” konsert dasturi tashkil etildi
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida “Ohanglar sehri” nomli konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirning ahamiyati shundaki, 18 davlatdan tashrif buyurgan yuzga yaqin aviakompaniyalar vakillarini milliy musiqa sanʼatidagi kuy navolar, ohanglar sadosi ostida oʻtkazilgan tadbir guvohi boʻlishdi.
Mehmonlarni lol qoldirgan madaniy kecha orqali xorijliklarga institut ijodiy jamoasi tomonidan oʻzbek milliy musiqasining eng oldi qatordagi kuy qoʻshiqlari jumladan, Qashqadaryo–Surxondaryo baxshichiligi, katta ashula va Munojat Yoʻlchiyeva tomonidan namoyish qilingan diltortar ijrolar, ayniqsa barchaning koʻnglini xushnud etdi.
Mazkur tadbirlar bugun Oʻzbekistonni nafaqat mamlakatimizda mahalliy mehmonlar uchun, balki xorijlik delegatsiya vakillarini ham birmuncha qiziqtirishni oʻziga maqsad qilgan va bu maqsad yoʻlida OʻzMMSI katta qadam tashladi.
Shunday ekan xorijlik mehmonlar ham Oʻzbekistonning boy madaniy merosini, qolaversa musiqa va sanʼat ohanglarini yoqtirishini alohida taʼkidladi. Har bir mamlakatning oʻz musiqasi, sanʼati boʻladi va mamlakatning jozibadorligini koʻrsatib turadi.