РУ
O’Z
UZS
/
/
Toshkentdagi oila a’zolari uchun eng yaxshi joylar va risoladagidek dam olish kunining retsepti: bloger va Special by See asoschisidan intervyu
24.10.2024

Toshkentdagi oila a’zolari uchun eng yaxshi joylar va risoladagidek dam olish kunining retsepti: bloger va Special by See asoschisidan intervyu

Toshkentdagi oila a’zolari uchun eng yaxshi joylar va risoladagidek dam olish kunining retsepti: bloger va Special by See asoschisidan intervyu

Agar siz Toshkentda istiqomat qilsangiz va har doim ham oilangiz bilan qayerda vaqt o‘tkazishni bilavermasangiz, muntazam ravishda mazali taomlar tayyorlovchi muassasalarni izlayotgan bo‘lsangiz hamda risoladagidek dam olish kunining sirini topa olmasangiz, unda bloger Sitora O‘ktamovaning ushbu to‘plami siz uchun.

Qahramon kartasi

Sitora  - layfstayl blogeri, ikki nafar farzandi bor, sevimli rafiqa. O‘rindoshlik asosida Special by See brend liboslari asoschisi va g‘oyaviy ilhomchisi. U o‘z hayotini so‘zlab beradi, shaxsiy suratlari bilan o‘rtoqlashadi, obunachilariga butun oilasi bilan vaqtni xushnud o‘tkazish mumkin bo‘lgan yangi joylarni tayyorlab, maslahat beradi. Biz buni shunchaki o‘tkazib yubora olmadik. 

Toshkentdagi oilangiz bilan ajoyib va xushvaqt o‘tadigan eng yaxshi joylar

  • Telman bog‘i va Havorang gumbazlar xiyoboni

Oilamiz bilan bog‘lar va boshqa yashil hududlarda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘ramiz. U yerda yolg‘iz qolish, dildan suhbatlashish va har bir farzandingizga vaqt ajratishingiz mumkin.

  • Respublika bolalar kutubxonasi

Bu yerda bolalarni ham, kattalarni ham o‘ziga maftun qiladigan qandaydir alohida muhit hukm suradi. U yerda bolalar uchun qanchadan-qancha ajoyib kitoblarning borligiga nima deysiz!

  • Кinoteatrlar

Toshkentning Next SM tomidagi eng sevimli maskan. Ammo hozir uning mavsumi emas.

Oilangiz bilan nonushta va kechki ovqat uchun eng sara maskanlar

  • “Нарцисс” va “Sirovarnya”dagi nonushtalar. Agar ularning ikkinchisida bo‘lsangiz, u holda albatta sirniklarni tatib ko‘ring – ularning ta’mi tilingizda qoladi. 
  • “Myasnoye”dagi kechki tamaddi. Agar oshxona haqida gapiradigan bo‘lsak, uning nomi ham bunga guvohlik bermoqda: Toshkentdagi eng zo‘r steykni shu yerdan topasiz. 

Barcha oila a’zolari uchun Toshkentdagi eng yaxshi kongilochar joylar

  • Mening topimda dablbasda (ikki qavatli avtobusda) shahar bo‘ylab, masalan, “Toshkentdan gapiradi” immersiv spektakli paytida ekskursiya uyushtirish.

  • Agar siz shahardan tashqariga chiqmoqchi bo‘lsangiz, Parkentdagi 1-raqamli Beshbarmoq, Amirsoy oromgohi va Rano Eco Village kabi joylarni tavsiya qilaman.

Toshkentda bolalar uchun eng yaxshi joylar

  • Qizlarim Ertaklar muzeyiga borishni yaxshi ko‘rishadi. Biz shuningdek, ko‘pincha Bug‘u fermasiga boramiz va Furqat bog‘i hududidagi hayvonot bog‘iga ham borib turamiz.

Uchrashuv uchun ajoyib maskanlar

Agar biz turmush o‘rtog‘im bilan xayolotga berilmoqchi bo‘lsak, kechki ovqatga restoranga boramiz. Har qanday juftlik kabi bizning ham o‘z sevimli joylarimiz bor. Bularga Tashkent City Mall savdo markazining 3-qavatidagi Ribambelle ayvoni va Shota Rustaveli ko‘chasidagi Yevropa Lumiereni misol qilish mumkin.

Oila davrasida risoladagidek hordiq chiqarish qanday bo‘ladi?

(Birinchi navbatda - to‘yib uxlab olish)

An’analar bo‘lmasa, qayoqqa ham borardik? Bizda uyda nonushta qilmasdan Toshkentdagi qahvaxonalardan biriga borish, keyin esa shahar bo‘ylab sayr qilish an’anaga aylangan. Keyin uyga qaytamiz va kechgacha birga bo‘lamiz. Film tomosha qilishimiz, bolalar bilan stol tennisi o‘ynashimiz va, albatta, mazali kechki ovqat pishirishimiz mumkin. Va bu marosimlar haqiqatan ham bizni bir-birimizga yanada yaqinlashtiradi va bir hafta oldinga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi!