20.11.2024
                                            
                    
                Dollar yana rekord darajani qayd etdi. Oʻzbekistonda 21-noyabr kungi valyuta kurslari
                
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Amerika valyutasining soʻmga nisbatan kursi 11 soʻm 93 tiyinga oshib, 12 855 soʻmni tashkil etdi.
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yangi rekord darajani qayd etdi. Bu haqda “Pulbek” nashri xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 855,93 soʻm etib belgiladi. Kun davomida kurs 11 soʻm 93 tiyinga oshdi.
Joriy haftada kurs ketma ket ikki marta koʻtarildi. Bir kun avval dollar kursi 12 844 soʻmga yetgandi.
