Xitoy 2050-yilga kelib koinotda yetakchiga aylanishni reja qilmoqda
Xitoy ilmiy tashkilotlari mamlakatning kosmik sohasini rivojlantirish rejasini eʼlon qildi. Hujjatga koʻra, 2050-yilga kelib davlat kosmosni oʻzlashtirish va bu sohaga oid texnologiyalar boʻyicha yetakchiga aylanishi lozim.
Toping iPhone 16 Proʼni oʻyinga qoʻymoqda! Sizni gʻolibga aylantiradigan oʻyin qoidalari bilan tanishing
Reja bandlari orasida kvant mexanikasini oʻrganish va inson hayoti uchun potensial moslik koʻrsatadigan sayyoralarni izlash bor. Rejaning birinchi bosqichi allaqachon faol fazada boʻlib, 2027-yilda yakunlanadi. U 5-8 ta kosmik missiyani, jumladan, stansiya qurish uchun Oyda maydoncha tayyorlashni koʻzda tutadi.
Oy stansiyasining oʻzi ikkinchi bosqich doirasida - 2028-yildan 2035-yilgacha barpo etilishi kerak. Bu davrda 15 ta missiya amalga oshiriladi. Nihoyat, uchinchi bosqichda (2035 - 2050) Xitoy 30 ta missiyani amalga oshiradi, bu esa mamlakatga koinotni oʻzlashtirishda yetakchiga aylanish va boshqa kosmik davlatlardan oʻzib ketishga yordam beradi.
Toping Tech Telegram kanaliga obuna boʻling! Texnologiya va ilm-fan dunyosidagi eng soʻnggi qiziqarli yangiliklar.