Ob-havo maʼlumoti: 25–27-yanvar kunlari harorat +12 darajaga koʻtariladi
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 25-26-yanvarda kunduzi 7-12° iliq, 27-yanvar 5-10° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 5-10° sovuq, 25 va 27-yanvar kunlari kunduzi 0-5° iliq, 26-yanvar 2-7° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 25-yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 26-27-yanvarda kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-yanvarda kechasi 1-6° sovuq, 26-27-yanvarda 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 26-yanvar kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 27-yanvarda kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi..
Respublikaning togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq- 3° iliq, 26-27-yanvar kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.