Ob-havo maʼlumoti: 19–21-yanvar kunlari qor yogʻa boshlaydi
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-20-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 21-yanvarda baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, 19-20-yanvar kunduzi 3-8° iliq, 21-yanvarda kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-yanvar yogʻingarchilik kutilmaydi. 20-21-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, 19 va 21-yanvarda kunduzi 3-8° iliq, 20-yanvarda 5-10° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-21-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 20-yanvarda 2° sovuqqacha, 19 va 21-yanvarda kunduzi 3-8° iliq, 20-yanvarda 7-12° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19 va 21-yanvar baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 19 va 21-yanvarda kunduzi 5-10° iliq, 20-yanvarda 8-13° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 19-yanvar baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 20-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-yanvar baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 19-yanvarda kunduzi 2-7° iliq, 20-21-yanvarda 3-8° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 21-yanvarda ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, 19 va 21-yanvarda kunduzi 0-5° iliq, 20-yanvar kunduzi 2-7° iliq boʻladi.