верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi
03.03.2025

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi

Gvardiola jamoa uchun qishki transfer oynasida yangi futbolchilar, jumladan o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolash juda muhim bo‘lganini ta’kidlagan.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachi Natan Ake Angliya Kubogi 1/8 final bosqichida “Plimut”ga qarshi o‘yinda (3:1) jiddiy jarohat olgani va uzoq muddatga safdan chiqqanini ma’lum qildi.

“Endi biz yana uzoq vaqt markaziy himoyachisiz qolamiz. Natan bizga juda yetishmaydi,” — degan Gvardiola.

U shuningdek, jamoa uchun qishki transfer oynasida yangi futbolchilar, jumladan o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnoma imzolash juda muhim bo‘lganini ta’kidlagan.

“Men klubga Husanov va Vitor [Reys]ni sotib olgani uchun juda minnatdorman, aks holda bizda kelasi mavsum Chempionlar ligasiga chiqish va Angliya Kubogida kurashish imkoniyati bo‘lmasdi. Bu mutlaqo imkonsiz bo‘lar edi! Bizda faqat Diyash qolgan bo‘lardi,” — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Manchester Evening News.

Bungacha “Manchester Siti” safida Jon Stouns va Manuel Akanji ham jarohat olgani sababli maydonga tusha olmasligi xabar qilingandi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.