Ob-havo maʼlumoti: 20–22-fevral kunlari harorat 22 darajaga koʻtariladi


Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati


Havo biroz bulutli boʻladi, 20-21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 22-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-fevralda 2° sovuq-3° iliq, 21-22-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 20 va 22-fevralda 8-13° iliq, 21-fevralda 11-16° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari


Havo biroz bulutli boʻladi, 20-21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 22-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20-fevralda 12-17° iliq, 21-22-fevralda 15-20° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 20-fevralda 2° sovuq-3° iliq, 20-22-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 20 va 22-fevralda 8-13° iliq, 21-fevralda 11-16° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 21-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 22-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 21-22-fevralda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 20-21-fevralda 12-17° iliq, 22-fevralda 15-20° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 20-21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 21-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,21-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 20-21-fevralda 5-10° iliq, 22-fevralda 7-12° iliq boʻladi.