Yevropaning mashhur klubi Oston Oʻrunovni sotib olmoqchi


Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Oston Oʻrunov yana Yevropa ligalaridan biriga yoʻl olishi mumkin.
Eron matbuotiga koʻra, oʻzbekistonlik futbolchiga Turkiya Superligasining eng mashhur klublaridan biri “Beshiktosh” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Persepolis”ning yosh yulduzi Oston Oʻrunov “Beshiktosh”ning nazariga tushdi. Lekin muammo bor. Agar uning jarohati davom etmasa, turklar futbolchi borasida “Persepolis”ga taklif bilan chiqishi aniq.
Ammo bu transferga eng katta toʻsiq “Persepolis” bosh murabbiyi Ismoil Kartal boʻlib turibdi. Bu mutaxassis Ostonning oʻyin uslubi muxlisi hisoblanadi, deb yozadi Spor Tazan.
Eslatib oʻtamiz, Oston Oʻrunov joriy mavsum Eron chempionatida jarohati sabab 14ta oʻyinni, yaʼni 3 oyni oʻtkazib yubordi. Klub bilan yangi shartnoma imzolangach, oʻzbekistonlik futbolchi tushib qolgan vaziyat rahbariyatni tashvishga sola boshlagan.