верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Sevgi iztirobi” 2015-yil: kutilmagan finalga ega serialni ko‘rishga arziydimi?
25.02.2025 (yangilandi 27.04.2025)

“Sevgi iztirobi” 2015-yil: kutilmagan finalga ega serialni ko‘rishga arziydimi?

“Sevgi iztirobi” 2015-yil: kutilmagan finalga ega serialni ko‘rishga arziydimi?

“Sevgi iztirobi”– 2015-yil turk seriallari orasida alohida ajralib turadigan shov-shuvli loyiha. Chunki Kamol va Nixon ijro etgan serialda odatdagidek “ular uzoq baxtli hayot kechirishdi” degan yoqimli yakun yo‘q. Spoiler bermaymiz, lekin shuni aytish mumkinki, bu serial albatta tomosha qilishga arziydi. Syujet haqida oldin yozgan edik, qolgan batafsil ma’lumotni esa “Sevgi iztirobi” sharhidan bilib oling.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

“Sevgi iztirobi” 2015-yil seriali va qismlari sharhi

Bu serial bir-biriga zid tushunchalarni birlashtirgan loyiha, unda muhabbat va nafrat o‘rtasida bir qadam bor, xolos. Aynan shuning uchun ham “Sevgi iztirobi” serialini romantiklar hamda tuyg‘ular kuchi va oila qadriyatlariga ishonadigan uchun ko‘rishi tavsiya etiladi.

“Sevgi iztirobi” serialining birinchi qismi turk kinosi va melodramasi klassikasi asosida boshlanadi: Istanbulda yashovchi ikki oshiq yurak Kamol va Nixon hamda ijtimoiy tabaqalar orasidagi tafovut. Qiz – badavlat tadbirkorning qizi, yigit esa – oddiy sartaroshning o‘g‘li. “Sevgi iztirobi” serialining qahramonlari o‘z dunyolari o‘rtasidagi farqlarini yenga oladilarmi? Muhabbat sinovlariga bardosh bera oladilarmi? Ana shu savol serialning har qismi davomida tomoshabinlarni qiziqtirib turadi.

Qizig‘i shundaki, “Sevgi iztirobi”ning 2 mavsumi davomida syujet ham, qahramonlar hayoti ham tubdan o‘zgaradi. Kamol muvaffaqiyatga erishadi, Nixonning esa hayoti har qismda umuman boshqa yo‘nalishga buriladi.

Черная любовь»: Как Ромео-шахтер и Джульетта из высшего общества покорили  мир - обзор сериала - фотографии - Кино-Театр.Ру

Filmlarni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

“Sevgi iztirobi” serialining asosiy ijobiy jihati – qahramonlarning murakkab xarakteri. Dastlabki qismlarda yaxshi ko‘rib, yaxshi deb hisoblagan qahramonlar oxir-oqibat sizni ajablantirishi mumkin – ularning niyatlari boshqacha chiqadi. Ijobiy obrazlar Kamol va Nixon ham xato qiladi. Aslida ular boshidan shunday yaxshi edimi yoki keyingi qismlarda fosh bo‘ladigan shunchaki niqob taqqan edimi?

Emotsional syujet – yoningizda ro‘molcha tayyor tursin, chunki serialda yig‘lashga majbur qiladigan lahzalar juda ko‘p. Shu bilan birga, sahnalardagi hissiyotlar ba’zan shunchalik chuqurki, tomoshabinlar ssenariy mualliflarini shafqatsizlikda ayblashadi.

Ajoyib saundtrek – oddiy quvnoq turk musiqalari o‘rniga, “Sevgi iztirobi” seriali fonida Yevropa uslubidagi yurakni o‘rtaydigan qo‘shiqlar yangraydi. Ko’p treklarni ko‘pchiligingiz yod olgan bo‘lsangiz ajab emas!

Serial tashqi chiroyli va go‘zal bo‘lgan narsalarni sevadiganlarga ham yoqishi aniq. Estetik go‘zallik – “Sevgi iztirobi” seriali vizual tomondan ham hayratlanarli – qahramonlarning (ayniqsa Nixon) uslubi, interyer dizaynlari va Istanbulning betakror manzaralari. Hatto sayohatga chiqish istagi uyg‘onadi.

Чем закончился сериал Черная любовь: краткое содержание и финал

Ammo shu bilan birga, serialning kamchiliklari ham yo‘q emas. Ba’zi tomoshabinlar aktyorlarning ortiqcha dramatizatsiyasidan shikoyat qilganva serialni boshqa tomosha qilmaslik hissi ham uyg‘ongan, ayniqsa bosh qahramon Nixonning ba’zi qismlarda ortiqcha qayg‘urishi haqiqatga mos kelmagan. Bundan tashqari, ba’zi qahramonlar to‘satdan g‘oyib bo‘lgan, ularning qayerga ketgani tushuntirilmagan. Ammo bunday holatlar faqat ikkinchi darajali aktyorlar bilan bog‘liq bo‘lgan, shuningdek bunday holatlar har mavsumda emas va albatta hamma qismlarda sodir bo‘lmagan.

“Sevgi iztirobi” 2015-yil serialini ko‘rishga arziydimi?

Agar har doim yaxshi yakun bilan tugaydigan, yengil seriallardan charchagan bo‘lsangiz, “Sevgi iztirobi” aniq sizga mos keladigan serialdir. Chunki bu serialning oxiri realistik bo‘lmasa ham, juda hayotiy hisoblanadi. U insonlarga har bir daqiqani qadrlash va hozirning o‘zidayoq yashash kerakligini eslatadi.

Filmlarni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Турецкий сериал «Бесконечная (чёрная) любовь» — 23 ответов | форум Babyblog

Bosh rol ijrochisi Burak Ozchivitning (Kamol) o‘zi ham barcha qismlar tugagandan so‘ng, bunday hayratomus finalga tayyor bo‘lmaganini tan olgan va ssenariy mualliflarining finalgi shu alfozda tugatmoqchi bo‘lganini bilgan, ularni bu fikrlaridan qatarishga harakat qilgan:

“Tomoshabinlar bunday finalni xohlamasligini men bilardim. Men ham buni istamagan edim. O‘shanda men “Mening qahramonim Kamol bunga loyiq emas” degan edim. Ikki variant bor edi: ular ko‘rishib baxtli bo‘lishadi yoki baxtsiz yakun. Biz esa Kamol va Nixon hikoyasini umr bo‘yi eslab qolishadigan final qilishni xohladik. Shunday ham bo‘ldi.” – deb aktyor 2015-yil intervyusida hikoya qildi.

“Sevgi iztirobi”: barcha qismlarini onlayn tomosha qilish

Filmlarni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.