РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 29-yanvar kuni -10 daraja sovuq boʻladi
28.01.2025 (yangilandi 28.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 29-yanvar kuni -10 daraja sovuq boʻladi

Ob-havo maʼlumoti: 29-yanvar kuni -10 daraja sovuq boʻladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3°  sovuq-2° iliq boʻladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2°  sovuq-3° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2°  sovuq-3° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3°  sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi kechga tomon yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.