РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 30-yanvar–1-fevral kunlari moʻtadil harorat
28.01.2025 (yangilandi 28.01.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 30-yanvar–1-fevral kunlari moʻtadil harorat

Ob-havo maʼlumoti: 30-yanvar–1-fevral kunlari moʻtadil harorat

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, boʻladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 3-8° sovuq, 30-yanvarda kunduzi 0-5° iliq, 31-yanvar-1-fevralda 2-7° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 30-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkun. 31-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 1-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 30-31-yanvarda kunduzi 0-5° iliq, 1-fevralda 2-7° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, 30-31-yanvarda kunduzi 2-7° iliq, 1-fevralda 4-9° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 30-31-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 1-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi, 0-5° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.