РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo ma’lumoti: 6–8-yanvar kunlari O‘zbekistonda -10 daraja sovuq bo‘ladi
04.01.2025 (yangilandi 04.01.2025)

Ob-havo ma’lumoti: 6–8-yanvar kunlari O‘zbekistonda -10 daraja sovuq bo‘ladi

Ob-havo ma’lumoti: 6–8-yanvar kunlari O‘zbekistonda -10 daraja sovuq bo‘ladi

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 7 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3 sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 2 sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 8 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 6 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8 ° iliq, 7 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3 sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 yanvarda kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 8 yanvar kechasi va ertalab ba’zi joylarga qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda kechasi 3 sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 yanvar kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda 3 sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10 iliq, 8 yanvarda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-7 yanvarda 7-12° iliq, 8 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6 yanvar 2-7° iliq, 6 yanvarda 2-7° iliq, 7-8 yanvarda 4-9° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi  joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6 yanvarda kechasi  5-10° sovuq,  kunduzi 3° sovuq-2° iliq 7 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.