20.09.2025
Yangi “Qasoskorlar” filmining suratga olish ishlari yakunlandi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Ommaviy axborot vositalari “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” filmining suratga olish jarayoni nihoyasiga yetgani haqida ma’lum qildi. Blokbasterning 2026-yil dekabr oyida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.
“Qasoskorlar” franshizasining beshinchi qismida rasman quyidagi aktyorlar rol ijro etadi: Robert Dauni kichik (Doktor Dum), Kris Xemsvort (Tor), Patrik Styuart (Professor Iks), Ian MakKellen (Magneto), Pedro Paskal (Janob Fantastik) va boshqalar.
Syujet tafsilotlari hozircha sir tutilmoqda. Filmni yana Entoni va Jo Russo (“Cheksizlik urushi”, “Final” filmlarining rejissyorlari) suratga olgan.