23.01.2025
                                            
                    
                Yulduz Usmonova yangi “Sevgijon” taronasini eʼlon qildi
 
                 
                            
                                                                Muallif
                        
                                                                                    Shohzamon Shuhratov
                                                                        Oʻzbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova oʻz YouTube sahifasida 22-yanvar kuni yangi “Sevgijon” qoʻshigʻini eʼlon qildi.
Shuningdek, tarmoqqa qoʻshiq taqdimotidan video ham joylangan. Qoʻshiq oʻz soʻzlarini boricha aytolmagan va sevgilisi oldiga qaytishni xohlayotgan odam tilidan kuylanadi.
Bu Usmonovaning anʼanaviy ijodiga xos tarona boʻlib, milliy motivlar asosida kuylangan deyish mumkin. Taqdimot jarayonida zalda ellikdan ortiq tomoshabin boʻlganini koʻrish mumkin.
 
             
         
         
         
     
         
         
         
         
         
         
         
         
         
         
        