26.08.2025
Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova qiziga qanday ism qo‘yganini ma’lum qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Dzyudo bo‘yicha Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ilk bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu quvonchli xabarni 21-avgust kuni uning turmush o‘rtog‘i Instagram`da e’lon qildi.
Yaqinda sportchi yangi tug‘ilgan chaqalog‘ining ismini oshkor etib, obunachilariga ta’sirli video lavhani ulashdi. Qiziga Ziyara deb ism qo‘yishdi. “Uyimizga xush kelibsan, jonim”, deya yozdi Diyora cheksiz quvonchini izhor etib.
Bu xabar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, kichkintoy Ziyaraga samimiy tabriklar hamda sog‘lik va baxt tilaklari to‘lqiniga sabab bo‘ldi.
Muxlislar bu voqea uning ajoyib sport yutuqlariga go‘zal qo‘shimcha bo‘lganini ta’kidladi.