РУ
O’Z
UZS
/
/
25-29-noyabr kunlari hafta davomida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda
25.11.2024

25-29-noyabr kunlari hafta davomida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda

25-29-noyabr kunlari hafta davomida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududining katta qismida havo iliq boʻladi. 25-27-noyabr kunlari harorat asosan kechalari 2-7 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 darada iliq, janubda kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq atrofida boʻladi.

Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 2-7 daraja sovuq boʻladi, kunduz kunlari esa harorat 7-12 daraja iliqdan oshmaydi.

Ushbu kunlarda respublika boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida 26-noyabr kuni kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi boshlanadi.

28-29-noyabrda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida va 28-noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Yomgʻir yogʻishi iliq ob-havoda kuzatiladi, 28-noyabrda harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 17-20 daraja iliq atrofida boʻladi. 29-noyabrda haroratning pasayishi boshlanadi, kunduz kungi harorat 10-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

28-noyabrda Toshkent viloyatining togʻli hududlarida, 28-29-noyabrda respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.

Poytaxtimizda: 25-28-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 4-7 daraja iliq, 28-noyabrda 7-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq boʻladi.

29-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 7-10 daraja iliq, kunduzi 10-13 daraja iliq boʻladi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.