Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
$750 mln chiqindida: britaniyalik yoʻqolgan bitkoinlar sabab poligonni sotib olmoqchi
11.02.2025

$750 mln chiqindida: britaniyalik yoʻqolgan bitkoinlar sabab poligonni sotib olmoqchi

$750 mln chiqindida: britaniyalik yoʻqolgan bitkoinlar sabab poligonni sotib olmoqchi

Qayd etilishicha, 2013-yilda 7500 bitkoinli qattiq diski tashlab yuborilgan britaniyalik Jeyms Xauells qurilmani qidirish uchun butun shahar chiqindixonasini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

2013-yilda 7500 bitkoinli qattiq diskni tashlab yuborgan britaniyalik Jeyms Xauells qurilmani qidirish uchun butun shahar axlatxonasini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida “The Guardian” xabar bermoqda.

Ilgari Nyuport shahri maʼmuriyati unga yordam koʻrsatishdan bosh tortgan va sud amaldorlar tomonini olgan, biroq Xauells oʻtgan yillar davomida qiymati qariyb $750 mlngacha yetgan oʻz jamgʻarmalarini topish umidini yoʻqotmayapti.

Jeymsning aytishicha, disk 12 yil oldin xato tufayli tashlab yuborilgan va oʻshandan beri u uni qaytarib olishga urinib kelmoqda.

Xauells mahalliy hokimiyatdan qattiq diskni qaytarishda yordam soʻrab bir necha bor murojaat qilgan, ammo har safar rad javobini olgan.

U axlatni saralash va bitkoinlar topilgan taqdirda ularni boʻlishishni oʻz ichiga olgan turli xil rejalarni ishlab chiqqan. Shahar maʼmuriyati esa oʻz rad javoblarini huquqiy, iqtisodiy va ekologik sabablarga koʻra qazish ishlarini olib borishning imkoni yoʻqligi bilan izohlagan.

Britaniyalik shaxs hukumat bilan sud jarayonini boshlagan, biroq oxir-oqibat sud Xauellsning chiqindixonaga kirishga ruxsat berish yoki 495 mln funt sterling (taxminan $613 mln) miqdorida tovon puli toʻlash haqidagi daʼvosini rad etgan. Sudya oʻshanda bu daʼvoni qoʻzgʻatish uchun “oqilona asoslar” mavjud emasligini taʼkidlagan.

Maʼmuriyat chiqindixonani yopishni rejalashtirmoqda va uning hududining bir qismida quyosh elektr stansiyasini qurishga ruxsat oldi, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, Xauells esa endi yoʻqolgan boylikni topish uchun chiqindixonani sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

U chiqindixonaning tez orada yopilishi haqidagi xabar oʻzi uchun “mutlaqo kutilmagan yangilik” boʻlganini taʼkidladi. Uning aytishicha, maʼmuriyat sudda bitkoinlarni qidirish uchun chiqindixonani yopish Nyuport aholisiga juda katta salbiy taʼsir koʻrsatishini bildirgan, endi esa ular aslida chiqindixonani har qanday holatda ham yopishni rejalashtirganini maʼlum boʻldi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.