РУ
O’Z
UZS
/
/
Marsda olimlar noyob geologik shakllanishni aniqladi
03.02.2025

Marsda olimlar noyob geologik shakllanishni aniqladi

Marsda olimlar noyob geologik shakllanishni aniqladi

NASA tadqiqotchilari Mars yuzasida ilgari Yerda uchramagan, noodatiy geologik hosilani aniqladi. Mars Reconnaissance Orbiter orbital apparatiga oʻrnatilgan HiRISE kamerasi orqali olingan suratlarda sayyoraning shimoliy qutbida sirli qora dogʻlar va yorqin maydonlar aks etgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu shakllanish karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida hosil boʻlib, olimlarga Marsdagi iqlim jarayonlarini yanada chuqurroq oʻrganish imkonini beradi.  

Marsning qutbli hududlarida qish faslida karbonat angidrid gazi muzlab, zich muz qatlamiga aylanadi. Bahorda esa harorat koʻtarilishi bilan Quyosh nurlari shaffof muz qatlami orqali oʻtib, uning ostidagi tuproqni isita boshlaydi. Bu jarayonda karbonat angidrid gaz holatiga oʻtib, sublimatsiya sodir boʻladi.  

Vaqt oʻtishi bilan bosim shu darajada oshib ketadiki, gaz muz qatlamining yupqa joylarini yorib chiqib, qora tuproq zarralarini atrofga sochib yuboradi. Ushbu hodisa geologik “geyzerlar”ni eslatadi va gaz oqimlari soatiga 160 km tezlik bilan otilishi mumkin.  

Baʼzi hollarda ushbu gaz chiqindilari muz ostida murakkab, shoxlangan tuzilmalarga aylanadi. Olimlar bu shakllanishni “oʻrgimchak landshafti” deb ataydi. Ushbu geologik tuzilma karbonat angidrid gazining Mars tuprogʻidagi kanallarni yuvib ketishi natijasida hosil boʻlishi aniqlangan.  

Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida ushbu jarayonni takrorlashga muvaffaq boʻlishdi. Ularning tajribalari “oʻrgimchak landshafti” aynan mavsumiy gaz otilishlari natijasida yuzaga kelishini ilmiy jihatdan tasdiqladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.