O‘zbekiston bo‘ylab chorshanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?


18-19-iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi.
Kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, 19-iyunda ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha havo ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 37-42°, janubda va cho‘l hududlarida 43-44° gacha bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33°, ba’zi joylarda 35° gacha bo‘ladi.