Toshkent Shimoliy vokzaliga avtomobil bilan bevosita kirish imkoni yaratildi


“Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzali hududiga avtomobillar endilikda bevosita kirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining matbuot xizmati “Gazeta” nashriga ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, yo‘lovchilarni olib keluvchi shaxsiy avtomobillar, taksilar va boshqa transport vositalari to‘g‘ridan to‘g‘ri vokzal eshigigacha kirib borib, yuk va yo‘lovchilarni tushirib ketishlari mumkin bo‘ladi.

Bu yerda quyidagi tartib amal qiladi:
- kirib-chiqish 5 daqiqagacha — bepul;
- 5 daqiqadan 10 daqiqagacha — belgilangan to‘lov asosida;
- 10 daqiqadan oshsa — jarima qo‘llaniladi.
Mazkur jarimalar inson aralashuvisiz, o‘rnatilgan maxsus kuzatuv kameralar orqali aniqlanadi va rasmiylashtiriladi.
Hozirda ushbu yo‘nalish sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, shlagbaum va videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish ishlari ham davom ettirilmoqda.