верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston bo‘ylab shanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
14.06.2025

O‘zbekiston bo‘ylab shanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston bo‘ylab shanba kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-16-iyun kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Joriy yilning 16-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

16-17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha havo ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Harorat 33-38°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 40° gacha bo‘ladi. Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.