верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston va Latviya Osiyo yo‘nalishida qo‘shma aviareyslarni ishlab chiqadi
03.06.2025

O‘zbekiston va Latviya Osiyo yo‘nalishida qo‘shma aviareyslarni ishlab chiqadi

O‘zbekiston va Latviya Osiyo yo‘nalishida qo‘shma aviareyslarni ishlab chiqadi

O‘zbekiston elchisi Timur Rahmonov Latviyaning yangi tayinlangan transport vaziri Atis Shvinka bilan uchrashdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Latviya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Latviya tomoni O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori sifatida ko‘rishini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgani va ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi oshgani urg‘ulandi.

– Rasmiy Riga transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor, – dedi vazir Atis Shvinka. – Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasida transport masalalari bo‘yicha attashe lavozimi ochilgani buning tasdig‘idir. Biz o‘zbekistonlik eksportyorlar va mamlakatlarimiz port infratuzilmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, shu jumladan, preferensiyalar berish masalalarida ko‘maklashishga tayyormiz.

Uchrashuv davomida, shuningdek, Uzbekistan Airways'ning Toshkent-Riga yo‘nalishi bo‘yicha parvozlari sonini oshirish, aviakompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Osiyo yo‘nalishida qo‘shma reyslarni ishlab chiqish, elektron tijoratni faollashtirish va mamlakatda Latviya pochtasi vakolatxonasini ochish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.