верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Soliq qoʻmitasi onlayn cheklarni tahrirlash muddatini uzaytirdi
07.11.2024

Soliq qoʻmitasi onlayn cheklarni tahrirlash muddatini uzaytirdi

Soliq qoʻmitasi onlayn cheklarni tahrirlash muddatini uzaytirdi

Barcha soliq toʻlovchilar oktabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni 1-dekabrgacha tahrirlashlari mumkin.

image

Qanday qilib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin

icon

Soliq qoʻmitasi yirik hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverga migratsiya qilish munosabati bilan 30-oktabr kunidan 5-noyabrgacha onlayn NKT cheklarni tahrirlash vaqtincha cheklanishini maʼlum qilgandi.

Qoʻmita matbuot xizmatining xabar berishicha, maʼlumotlar bazasidagi fiskal cheklar va jismoniy shaxslarning 80 terabayt hajmdagi maʼlumotlari yangi serverlarga migratsiya qilindi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatiladigan elektron xizmatlar belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dasturiy taʼminotning yangilangan versiyasiga oʻtish, maʼlumotlar bazasini optimallashtirish, xato va takrorlanishlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarni koʻchirish jarayonida soliq toʻlovchilar uchun noqulayliklarni kamaytirish, maʼlumotlarning saqlanishi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsiy kabinetda cheklarni tahrirlash imkoniyati 8-noyabrgacha cheklanadi. Shuningdek, bu davrda axborot tizimlari va elektron xizmatlarda qisqa muddatli uzilishlar boʻlishi mumkin.

Shundan kelib chiqib, qoʻmita barcha soliq toʻlovchilarga oktabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tahrirlash muddatini 1-dekabrgacha uzaytirdi.

Bunda qolgan barcha maʼlumotlarni tahrirlash cheklanmagan. Yaʼni, tadbirkorlar 2023-yilning 1-yanvaridan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni tahrirlashlari mumkin.

Bu qiziq

Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.