верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Botir Qodirovga oid kutilmagan katta yangilik eʼlon qilindi
01.04.2025

Botir Qodirovga oid kutilmagan katta yangilik eʼlon qilindi

Botir Qodirovga oid kutilmagan katta yangilik eʼlon qilindi

Shoir Shamsiddin Toʻrayev xonanda Botir Qodirov ustidan tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan sheʼrlarini qoʻshiq qilgani uchun Adliya vazirligiga shikoyat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan “Shamsiddin Sadoiy” tahallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin Toʻrayevning murojaati asosida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla doʻstim” nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177-1-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177-1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida – 1 mln 875 ming soʻm jarima jazosi  tayinlangan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunining 65-moddasiga asosan  muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda toʻlanishi lozim boʻlgan tovonni toʻlashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.