27.03.2025
Oʻzbekistonda asosan necha yoshdagilar farzand koʻrmoqda?


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Oʻzbekiston boʻylab FHDY organlarida 2024-yilda jami 135 914 ta tugʻilish holati qayd etilgan. Bu haqda Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, mazkur bolalarning ota-onasi yosh guruhlari quyidagicha taqsimlangan:
Otaning yoshi:
- 25 yoshgacha — 10,7 foiz;
- 25−39 yoshdagilar — 82,5 foiz;
- 40 yosh va undan kattalar — 6,8 foiz.
Onaning yoshi:
- 25 yoshgacha — 39,3 foiz;
- 25−39 yoshdagilar — 59,5 foiz;
- 40 yosh va undan kattalar — 1,2 foiz.