1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
07.07.2025

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘tgan hafta respublika bo‘yicha kuzatilgan kuchli issiqdan so‘ng 7-11 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda.

Havo harorati bugun kunduzi 36-41 darajani, 8-9 iyul kunlari 33-38 darajani, 10-11 iyulda 31-36 darajani tashkil etadi. O‘zbekiston janubida ham harorat pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib harorat 37-40 darajani tashkil etadi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 9-10 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 iyul kuni harorat asosan 39-41 daraja, 8-9 iyulda 35-38 daraja, 10-11 iyulda 32-37 daraja bo‘ladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.