“Afsungar” yoki “Nufuz” (Prestij) 2024 serialini bepul tomosha qilish – “Umidsiz uy bekalari” uslubidagi ruscha yangi serial


Yangi “Afsungar” yoki “Nufuz” serialida bosh rollarni Yuliya Snigir ijro etadi. Ushbu serial detektiv syujetlari, boylarning muammolari va murakkab intrigalarni yaxshi ko‘radigan tomoshabinlarga yoqadi. Agar siz ham Rublyovka uslubidagi qasrlar, sirlar va tergov dunyosiga sho‘ng‘ish niyatida bo‘lsangiz, “Prestij” serialini qayerda bepul ko‘rish mumkinligini bilib oling!
“Afsungar” 2024 serialining syujeti
“Afsungar” – jamiyatning yuqori tabaqasi uchun mo‘ljallangan maxsus shahar turidagi qishloq. Bu yerda amaldorlar, top-menejerlar, yulduzlar va ularning xizmatkorlari yashaydi. Biroq, bu go‘zal hayotni fojia buzadi – qishloqdagi bir oilaning enagasi shafqatsizlarcha o‘ldiriladi.

Bu voqea hamma qo‘shnilarni bir-biriga boshqacha nigoh bilan qarashga majbur qiladi. Endi ularda savol tug‘iladi: ularning bu hayotdagi eng qimmatli bo‘lgan farzandlarini ishonib topshirgan insonlar – aslida kim? Mahalliy politsiya boshlig‘i ishni tergov qilish jarayonida, har bir qishloq aholisi o‘ziga xos sirlarni yashirayotganini aniqlaydi.
“Afsungar” seriali aktyor va aktrisalari
“Afsungar” serialida Rossiyaning mashhur aktyor va aktrisalari ishtirok etgan: “Master va Margarita”ning yulduzi Yuliya Snigir, Vera Kicheva, Lyubov Tolkalina va hatto “Univer” serialidagi janjalkash Nastasya Samburskaya kabi aktrisalar bor. Aktyorlardan Ilya Lyubimov, Askar Ilyasov va boshqalar ishtirok etdi. Shuningdek, serialda “Yulduzlar fabrikasi - 4” g‘olibasi Irina Dubtsova ham serialda o‘z rolini mahoratli tarzda ijro etdi.

“Afsungar” seriali haqida tomoshabinlarning fikri
“Hashamatli uylar ichiga nazar tashlasak, boylar ham yig‘lashi, o‘z muammolari girdobida qiynalishganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu serialda boshqa seriallardan ozgina qo‘shib, yaxshi mahsulot tayyorlashgan.”
“Ruscha ‘Umidsiz uy bekalari’ – boshidan oxirigacha hayajon bilan tomosha qilinadigan serial.”
“Afsungar – bu bir qo‘rqinchli ertak bo‘lib, uni bolalarga uyqu oldidan aytib berish mumkin emas... va aynan shu jihati bilan u ajoyib.”

“Tergov markaziy syujet bo‘lishiga qaramay, serial yengil uslubda suratga olingan. Hazillar ham bor, faqat vaqti-vaqti bilan keskin sahnalar uchraydi.”
“Umuman olganda, juda qiziqarli va ironik detektiv chiqqan. Personajlar va ularning xarakterlari ajoyib yaratilgan, hatto qayta tomosha qilish istagi tug‘iladi.”
“Afsungar” seriali treyleri
“Afsungar” serialini online bepul tomosha qilish
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
