верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
O‘zbekistonda pensiya miqdorini oldindan aniqlash imkonini beruvchi onlayn xizmat ishga tushiriladi
01.07.2025

O‘zbekistonda pensiya miqdorini oldindan aniqlash imkonini beruvchi onlayn xizmat ishga tushiriladi

O‘zbekistonda pensiya miqdorini oldindan aniqlash imkonini beruvchi onlayn xizmat ishga tushiriladi

2027-yildan boshlab G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Pensiya jamg‘armasining mahalliy bo‘linmalari yopilib, ularning o‘rnini ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari egallaydi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

26-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan yangi xizmatlar joriy etilishini ko‘zda tutuvchi prezident farmoni qabul qilindi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ushbu hujjatga asosan, 2027-yildan boshlab tuman va shahar darajasidagi bo‘limlar faoliyati tugatilib, ularning o‘rniga 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham xizmat ofislari tashkil etiladi. Bu ofislar har bir hududdagi asosiy biznes jarayonlari va funksiyalarni qamrab oladi.

2026-yil 1-iyuldan esa g‘aznachilik tizimidagi jarayonlarni avtomatlashtirish orqali “Raqamli g‘azna” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur tizim quyidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi:

  • Business Intelligence texnologiyalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish, likvidlilikni boshqarish uchun qisqa va uzoq muddatli prognozlar ishlab chiqish, shuningdek, inson omilini kamaytirgan holda SI texnologiyalari asosida g‘aznachilik operatsiyalarini olib borish;
  • Davlat moliyasi tizimini SWIFT — Butunjahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar tizimiga ulash orqali xorijiy valyutadagi operatsiyalarni raqamlashtirish;
  • “E-risk” dasturiy majmuasi yordamida davlat xaridlari va to‘lovlarda qonunchilik buzilishi xavfini avtomatik aniqlash, ogohlantirish va xabardor qilish mexanizmlarini joriy etish.

2025-yil 1-dekabr sanasidan “Mening pensiyam” nomli yangi onlayn xizmat ishga tushadi. Uning yordamida fuqarolar ish staji va maosh haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, o‘z pensiya miqdorini oldindan aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, pensiya ta’minotiga oid barcha xizmatlar elektron, proaktiv va interaktiv shaklga to‘liq o‘tkaziladi.

G‘aznachilik va Pensiya jamg‘armasining mahalliy bo‘linmalaridagi ayrim funksiyalarni markazlashgan boshqarmalarga o‘tkazish natijasida boshqaruvdagi shtat birliklari soni 1 080 taga qisqartiriladi. Qisqartiriladigan xodimlarning yarmidan ko‘pi aynan hududiy bo‘limlarda faoliyat yuritayotganlar hisobidan bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-dekabrdan pensiyalarni to‘lashda elektron raqamli imzo va yuzni aniqlash (Face-ID) orqali biometrik identifikatsiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Call-markaz faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.