O‘zbekistonda yangi haftada: 22–25-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 22–25-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 22-24 sentyabrda 20-25°, 25 sentyabrda 23-28° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda 12-17° bo‘ladi, 23-25 sentyabrda 10-15°, kunduzi 22 sentyabrda 23-28°, 23-25 sentyabrda 20-25° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 va 24 sentyabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda 12-17°, 23-25 sentyabrda 10-15°, kunduzi 22-23 sentyabrda 22-27°, 24-25 sentyabrda 24-29° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 sentyabrda 14-19°, 23-25 sentyabrda 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23-25 sentyabrdayog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 sentyabrda 12-17°, 25 sentyabrda 10-15°, kunduzi 22 sentyabrda 25-30° bo‘ladi, 23-24 sentyabrda 22-27°, 25 sentyabrda 24-29° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23-25 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, asta-sekin 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 22-23 sentyabrda 15-20°, 24-25 sentyabrda 18-23° bo‘ladi.