10.09.2025
Xyu Jekman ishtirokidagi “Ma’yus qo‘shiq” filmining treyleri e’lon qilindi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Focus Features “Ma’yus qo‘shiq” (Song Sung Blue) nomli musiqiy biografik filmning ilk treylerini taqdim etdi. Filmda bosh rollarni Xyu Jekman va Keyt Xadson ijro etishgan.
Loyiha 2008-yilda suratga olingan shu nomdagi hujjatli filmga asoslangan. Syujet Miluokidan bo‘lgan er-xotin Mayk va Kler Sardinalar haqida bo‘lib, ular “Chaqmoq va Momaqaldiroq” (Lightning & Thunder) taxallusi ostida duet sifatida chiqish qilishadi.
Har ikkala ijrochi ham Neil Diamond qo‘shiqlarining qayta kuylash (kaver)lariga ixtisoslashgan.
Filmni Kreyg Bryuer (“Mening ismim Dolemayt”) rejissyorlik qilgan va ssenariysini yozgan. Film 25-dekabr kuni xorijda ekranlarga chiqadi.