O‘zbekistonlik himoyachi Eron chempionatiga o‘tishi mumkin


Rossiyaning “Rubin” klubida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Rustam Ashurmatov faoliyatini Eronning “Istiqlol” klubida davom ettirishi ehtimoli bor. Varzesh3 nashrining yozishicha, tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolash jarayoni nihoyasiga yetmoqda.
Tehron jamoasi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Ashurmatovni tarkibga qo‘shib olmoqchi. U Saman Fallah bilan markaziy himoya juftligi sifatida ko‘rilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma ustida kelishib olishgan. “Istiqlol” klubi “Rubin”ning futbolchi uchun belgilagan 500 ming yevrolik transfer narxini to‘lashga tayyor ekanini bildirgan.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ashurmatov bungacha O‘zbekiston va Janubiy Koreya klublarida o‘ynagan bo‘lib, 2023-yilning yanvaridan boshlab Rossiyaning Qozon shahri vakili “Rubin” safida harakat qilmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, u “Istiqlol” tarixidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi. Hozirda ushbu jamoada yana bir o‘zbekistonlik — Jaloliddin Masharipov ham to‘p surmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rustam Ashurmatov o‘tgan mavsumda “Rubin” tarkibida 21ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning klub bilan tuzilgan shartnomasi 2026-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 600 ming yevroga baholagan.