/
/
Uzum Bosʼda noodatiy reyting ishga tushirildi
16.08.2024

Uzum Bosʼda noodatiy reyting ishga tushirildi

Roʻyxat ishtirokchilari “Bir soatda tajriba” blokidagi Hurmat ballari soniga qarab aniqlanadi. Bu keyingi natijalarga taʼsir qiladi. Qancha koʻproq ball toʻplansa, yutish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi.

Uzum Bosʼda noodatiy reyting ishga tushirildi

Uzum Bos onlayn oʻyinida yetakchilar reytingi ishga tushirildi. Bu haqda oʻyin rasmiy kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, yetakchilar reytingi — bu har bir daraja boʻyicha 1 dan 10 gacha boʻlgan top-10 oʻyinchilar roʻyxati.

Roʻyxat ishtirokchilari “Bir soatda tajriba” blokidagi Hurmat ballari soniga qarab aniqlanadi. Bu keyingi natijalarga taʼsir qiladi, deya tushuntiriladi Uzum Bos xabarida.

Bosh sovrinlar yetakchidan bosgacha boʻlgan har bir darajadagi top-1000 ta ishtirokchilar oʻrtasida oʻynaladi. Qancha koʻproq ball toʻplansa, yutish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi.

Avvalroq Uzum Bos oʻyinida qancha faol ishtirokchi borligi haqida xabar berilgandi. Bu oʻyin Uzum ekotizimi uchun oʻz servislarini reklama qilishda katta baza boʻlib xizmat qilayotgani ham qayd etilgan.