верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Pep Gvardiola qanday holatda “Manchester Siti”ni tark etishini aytdi
21.05.2025

Pep Gvardiola qanday holatda “Manchester Siti”ni tark etishini aytdi

Pep Gvardiola qanday holatda “Manchester Siti”ni tark etishini aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omil haqida gapirdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romanoga tayanib Championat xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Unga ko‘ra, klub ko‘plab yulduz futbolchilarni sotib olishga e’tibor qaratishni boshlasa, ispaniyalik mutaxassis jamoadan ketadi:

Klub rahbariyatiga aytdim: menga yulduzlardan iborat tarkib kerak emas. 5–6 nafar futbolchi o‘yinni zaxiradan turib kuzatishini istamayman, men buni xohlamayman. Agar jamoa ixcham tarkibdan tuzilmasa, men bir kun ham qolmayman va “Manchester Siti”dan ketaman. Ko‘p futbolchini tribunaga qoldirib, ularga o‘yin amaliyoti bermaslik, men uchun juda azob, deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 20-may, seshanba kuni Angliya Premyer Ligasining 37-turi doirasida “Bornmut”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun o‘z imkoniyatini yaxshilab oldi. “Shaharliklar” 37-tur holatiga ko‘ra 68 ochko jamg‘arib, onlayn jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.