Qishda Toshkentdan qayerga dam olish uchun parvoz qilish mumkin? Mana sizga uchta ajoyib yo‘nalish
Yoz oylari - taxminan iyundan sentyabrgacha bo‘lgan davrni ta’til mavsumi deb hisoblash qabul qilingan. Ammo noodatiy vaqtda, masalan, yanvar oyida dam olish ham yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Toshkentdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayerga borish mumkin? Biz sizga yoqishi aniq bo‘lgan uchta ajoyib yo‘nalishni tanladik. Eng yaxshi narx takliflarini esa Fun & Sun Travel agentligi taqdim etadi.
Sharm-al-Shayx, Misr
Bu Misrning eng mashhur oromgohlaridan biri bo‘lib, mavsum paytida u yerga butun dunyodan millionlab sayyoh dam olish uchun keladi. Ko‘plab ko‘ngilochar joylar va mehmonxonalar “Sharm”ni universal joyga aylantiradi: bu yerda bolali oilalarga ham, yoshlarning katta jamoasiga ham, dengizda isinishni va o‘ziga xos mamlakatni ko‘rishni xohlaydigan er-xotinlarga ham zerikarli bo‘lmaydi.
Asosiy masala - u yerda yanvarda havo harorati qanday bo‘lishida. Ishonmaysizmi, Sharm-al-Shayxda qishda hatto cho‘milish ham mumkin. To‘g‘ri, suvni ayniqsa, agar siz, masalan, iyul-avgust oylarida Turkiyadagi yoki Gruziyadagi Qora dengizga o‘rgangan bo‘lsangiz, issiq deb bo‘lmaydi. Ammo Qizil dengizda qishda 20 daraja - bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Bu organizmni chiniqtirish uchun ham, shiddatli suzish uchun ham ajoyib imkoniyat. Kunduz kunlari havo o‘rtacha 23-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat shahar bo‘ylab sayr qilishga imkon beradi - bu yozdagi bir konditsionerdan ikkinchisiga (shamollash xavfi bilan) harakatlangan 45 daraja issiq ostida ekskursiyaga chiqish emas.
Aslida, aynan qish, hali havo uncha issiq bo‘lmaganda, ekskursiyaga chiqishning ayni payti. Shaharda eng chiroyli (ayniqsa tunda) Soho maydoni, odamlar gavjum pishgan qulupnayli eski bozor, El-Mustafo va Al-Sahoba yodgorlik masjidlari kabi ko‘plab diqqatga sazovor joylar bor. Bolalar, shubhasiz, - mashhur multfilmlar va filmlardan eksponatlar to‘plangan Gollivud Sharm al Shayx istirohat bog‘idagi kabi delfinariydan hayratga tushishadi. Sharm al-Shayxdan 25 kilometr uzoqlikda minglab baliq turlari joy olgan va yuzlab marjonlar o‘sadigan yirik Ras-Muhammad milliy bog‘i bor.
Al-Saxoba masjidi
Agar baribir ham suv o‘ziga tortaversa (sohilbo‘yi kurortiga bekorga borganingiz yo‘qku axir?), unda bu joy dayving uchun juda mos keladi. Marjonlardan tashqari, suv ostida yanada ekzotik narsalarni tomosha qilish mumkin. Misol uchun, mahalliy gidlar qayiqlarda cho‘kib ketgan kemalar joylashgan hududga olib borishadi, bu xavfsiz va aql bovar qilmas darajada qiziqarli.
Umuman olganda, Sharm-al-Shayx sizga turli xil faoliyat va dam olish usullarini sinab ko‘rish imkonini yaratadi: plyajda shunchaki oftobda toblanish, dayving uchun jo‘nash va suvosti dunyosini tomosha qilish yoki kurortning ko‘ngilochar joylarida sayr qilish mumkin - nimaiki qidirmang, bu yerda hamma narsani topasiz.
Pxuket, Tailand
Pxuketda havo iliqroq : 28-30 daraja atrofida bo‘ladi. Yanvarning bunday ob-havosi, ayniqsa, qulay - iliq, lekin dim emas, namlik esa ancha past, shuning uchun boshqa iqlimga ko‘nikishga to‘g‘ri kelmaydi. Kechalari 23 daraja iliq atrofidagi haroratni kutish mumkin.
Darvoqe, asosiy harorat - bu suvning harorati hisoblanadi. Andaman dengizi iliq, bu Pxuketda yilning istalgan faslida dam olishning katta afzalligidir. Hatto yanvarda ham 27-28 daraja issiqni bemalol kutavering. Bu bolalar uchun ham, immuniteti zaif odamlar uchun ham qulay (hayot sur’ati va stress yuqori bo‘lgan yirik shaharlar aholisi uchun kamdan-kam uchraydigan hodisa emas). Tailanddagi ko‘plab faol mashg‘ulotlar: gidrosikllarda uchish, dayving, akvachang‘ilar va boshqalar aynan suv bilan bog‘liq.
Dengizdan charchaganingizda esa Pxuketning o‘zini o‘rganishga jo‘nashning ayni payti. Hamma narsa sayyohlar va ularning turli xil talablariga mo‘ljallangan: deyarli butun dunyo taomlaridan iborat restoranlarning ko‘pligi, yirik savdo markazlari, ham qo‘lda yaratilgan, ham tabiiy tarixiy diqqatga sazovor joylar .
Misol uchun, buddaviylarning Vat Chalong ibodatxonasiga ekskursiya uyushtiring - inshoot o‘zining ko‘rinishi bilan hayratga soladi. Yana bir mashhur joy - bu Katta Buddaning haykali bo‘lib, u Tailandning fotosuratlari va otkritkalarida tez-tez uchrab turadi.
Butun kun davomidagi o‘yin-kulgi - Kxao-Pxra-Txo qo‘riqxonasi. Bu bolalar bilan sayr qilish uchun ham, er-xotinlar uchun ham, yolg‘iz tabiatga ishqiboz sayohatchilar uchun ham ajoyib joy. Haqiqiy changalzorlar ham, sharsharalar ham bo‘ladi, ammo chidamli sayyoh bo‘lish shart emas - yo‘lni har qanday odam osongina zabt eta oladi. Shuningdek, hududda gibbonlarni reabilitatsiya qilish markazi joylashgan - xodimlar hayvonlarni qutqarib, ularning yovvoyi tabiatga ko‘nikishiga yordam beradi, so‘ngra esa ularni changalzorga qaytarishadi.
Fukuok, Vyetnam
Vyetnamning eng katta orolida ham qish iliq bo‘ladi va bu joy sayyohlarni yanvar oyida o‘ziga tortaveradi. Iqlim yumshoq bo‘ladi, yomg‘irlar mavsumiga hali ancha bor. Asosiy diqqatga sazovor joy - bu, albatta, tortish nuqtalari bo‘lgan sohil bilan jihozlangan ulkan qirg‘oq yo‘nalishi. Kunduzi harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, shuning uchun bu yerda quyosh ostida ham, kun botganda ham sayr qilish qulay.
Sohil bo‘ylab sayr qilish jonga tegsa, nima qilish kerak? Fukuok ko‘plab qiziqarli ko‘ngilochar tadbirlarni taqdim etadi. Birinchidan, dayving - boy suvosti hayoti va eng go‘zal marjonlarni tomosha qilish har doim ham qiziqarli. Ikkinchidan, g‘ayrioddiy o‘simliklar va ekzotik tabiat qo‘riqxonalari. Yana sharsharalar - faqat Su Zang sharsharasining o‘zi Vetnamga tashrif buyurishga arziydi. Agar shahardan chiqishni xohlamasangiz, hovuzli Oxori-Park sizga qo‘l keladi - u Fukuokning naq markazida joylashgan.
Bu hududning alohida diqqatga sazovor joyi - qalampir plantatsiyalari hisoblanadi. Sharq mamlakatlari hatto eng oddiy taomni mazali qiladigan ziravorlarning zo‘r bilimdoni. Bu yerda ham qalampir juda ko‘p miqdorda yetishtiriladi. Ekskursiyaga borib, ushbu sabzavotning xususiyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.