Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 21–23-fevral kunlari harorat 22 darajaga koʻtariladi
19.02.2025 (yangilandi 19.02.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 21–23-fevral kunlari harorat 22 darajaga koʻtariladi

Ob-havo maʼlumoti: 21–23-fevral kunlari harorat 22 darajaga koʻtariladi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 22-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 23-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-22-fevralda 0-5° iliq, 23-fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 21-fevralda 11-16° iliq, 22-fevralda 5-10° iliq, 23-fevralda 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 22-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 21-fevralda 15-20° iliq, 22-23-fevralda 13-18° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 21-22-fevralda 0-5° iliq, 23-fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 21-fevralda 11-16° iliq, 22-fevralda 5-10° iliq, 23-fevralda 0-5° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 21-22-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 23-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-fevralda 2-7° iliq, 22-23-fevralda 3-8° iliq, kunduzi 21 va 23-fevralda 15-20° iliq, 22-fevralda 17-22° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 21-22-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 23-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 21-22-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-22-fevralda 0-5° iliq, 23-fevralda 2-7° iliq, kunduzi 21-fevralda 12-17° iliq, 22-23-fevralda 15-20° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, 22-23-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 21-fevralda 5-10° iliq, 22-23-fevralda 7-12° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.