“Qizil topshiriq” (2024-yil filmi): onlayn bepul va sifatli tomosha qilish


“Qizil topshiriq” filmi 2024-yilning kino-memiga aylandi, buning sababi esa u haqiqiy superqahramon blokbasteridir. Ammo odatiy janrda emas: jangari film o‘rniga tomoshabinlar Marvel qahramonlari uslubidagi superqobiliyatlarga ega zamonaviy Santa haqidagi komediyani olishdi. Qiziqib qoldingizmi? E’tiboringizga, syujet tafsilotlari va “Qizil topshiriq” filmini qayerda onlayn tomosha qilish mumkinligini aytib beramiz.
“Qizil topshiriq” filmi nima haqida?
Bu film an’anaviy sovg‘a tarqatadigan, oqsoqol mo‘ylovli mehribon Santa emas, balki deyarli superqahramon va maxsus xizmat agenti Santa Klaus haqida bo‘ladi. Yangi Santaning hatto kodli “Qizil” deb ataladigan ismi ham bor. Uning asosiy vazifasi esa – butun dunyodagi bolalarga sovg‘alarni yetkazishga ulgurish. Ammo yilning shu bitta kechasi muammosiz o‘tishi uchun Qizil 364 kun davomida Rojdestvoga tayyorgarlik ko‘radi!

Superqahramonga Shimoliy qutb xavfsizlik xizmati yordam beradi. Ammo ular elflar emas, balki sehrli gadjetlarga ega maxsus tayyorlangan agentlar. Ularning boshlig‘i – kapitan Kallum Drift. U 500 yildan beri Rojdestvo hech qanday muammosiz o‘tishini nazorat qilib keladi. Ammo bir kuni Kallum ishda charchaydi va odamlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. U nafaqaga chiqadi, shu paytda esa jinoyatchilar Santani o‘g‘irlab ketishadi.
Asosiy bayramgacha atigi bir kun qoldi, Rojdestvo xavf ostida. Hammaga yordam berish va bayramni qutqarish uchun Kallum o‘ziga yoqmaydigan, ammo juda iste’dodli xaker Jek O’Melli bilan hamkorlikda ishlashga majbur bo‘ladi.
Nima uchun “Qizil topshiriq” ekshn muxlislariga albatta tomosha qilishlari tavsiya etiladi?
Bosh rol ijrochisi Dueyn Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, film ham “Jumandji” va “34-ko‘cha mo‘jizasi” kabi eski filmlar muxlislariga ham “Garri Potter” ishqibozlariga yoqishi aniq.
Demak, film tomoshabinlarini haqiqiy ekshn, sehr va ezgulikning g‘alabasi kutmoqda. Bularning barchasi esa “Qasoskorlar” va boshqa superqahramon filmlariga hazil bilan ishora qiluvchi kulgili formatda berilgan. Hatto ayrimlar uni mashhur “Santa Klausning maxfiy xizmati” multfilmiga o‘xshatishmoqda.
“Qizil topshiriq” filmi yulduzlar tarkibi bilan to‘la: nafaqat Skala (The Rock), balki Santa rolida J.K. Simmons, shuningdek, kelishgan Kris Evans, Lyusi Lyu va Kirnan Shipka ham ishtirok etadi.

Agar siz $250 millionlik ulkan byudjet qayerga sarflanganini bilishni istasangiz, “Qizil topshiriq”ni kamida bir marta albatta tomosha qiling! Film tomosha qilishda zerikib, popkorn idishi ustida uxlab qilmasligingizga ishonchimiz komil!
“Qizil topshiriq” filmini ro‘yxatdan o‘tmasdan qayerda tomosha qilish mumkin?
“Qizil topshiriq” filmini rasmiy onlayn kinoteatrlarda, shuningdek, bepul kino tomosha qilish mumkin bo‘lgan saytlarda ko‘rish mumkin. Ammo bunday bepul saytlar kompyuteringiz yoki telefoningizni viruslar bilan zararlashi yoki shaxsiy ma’lumotlaringizga ruxsatsiz kirish imkonini berishi mumkin. Shuning uchun biz Telecom TV kabi ishonchli va tasdiqlangan platformalarni tanlashni tavsiya qilamiz.
Minglab filmlar, seriallar va shoular HD sifatda va reklamasiz – barchasi TelecomTV veb-saytida!
